Arxitekturaga kirish
Dasturiy ta’minot arxitekturasi nima?
Section titled “Dasturiy ta’minot arxitekturasi nima?”Dasturiy ta’minot arxitekturasi — bu dasturiy tizimning yuqori darajadagi tuzilishi bo’lib, u tizimning tarkibiy qismlarini, ular o’rtasidagi munosabatlarni va ularning o’zaro ta’sir qilish qoidalarini belgilaydi. Oddiy qilib aytganda, bu binoning loyihasiga o’xshaydi: g’ishtlar va bo’yoqdan oldin, binoning qanday turishi, xonalar joylashuvi va kommunikatsiyalar rejasi tuziladi.
Yaxshi arxitektura — bu nafaqat kodning ishlashi, balki uning kelajakda o’zgarishi, kengayishi va parvarish qilinishi osonligini ta’minlaydi.
Nima uchun arxitektura muhim?
Section titled “Nima uchun arxitektura muhim?”- Masshtablilik (Scalability): Tizim o’sib borishi bilan uni boshqarish qiyinlashadi. Yaxshi arxitektura yangi funksiyalarni qo’shishni osonlashtiradi.
- Parvarishlash (Maintainability): Kodni tushunish va xatolarni tuzatish oson bo’ladi.
- Jamoaviy ishlash: Aniq tuzilma katta jamoalarga bir vaqtning o’zida turli qismlar ustida ishlash imkonini beradi.
- Ishonchlilik (Reliability): Tizimning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Dokumantatsiya Tuzilishi
Section titled “Dokumantatsiya Tuzilishi”Ushbu qo’llanmada arxitektura patternlari uchta asosiy guruhga bo’lingan:
1. Umumiy (General)
Section titled “1. Umumiy (General)”Dasturlash tilidan yoki platformadan qat’iy nazar ishlatiladigan fundamental prinsiplar.
- Clean Architecture: Biznes logikani markazga qo’yuvchi va uni tashqi detallardan himoya qiluvchi yondashuv.
2. Frontend
Section titled “2. Frontend”Foydalanuvchi interfeysini (UI) qurishda ishlatiladigan patternlar.
- MVC (Model-View-Controller): Klassik ajratish usuli.
- MVVM (Model-View-ViewModel): Data-binding ga asoslangan (Vue, Angular).
- MVP (Model-View-Presenter): View va Model ni to’liq ajratish.
- Flux: Bir tomonlama ma’lumot oqimi (React/Redux).
- Atomic Design: UI komponentlarini qurish metodologiyasi.
- FSD (Feature-Sliced Design): Katta frontend loyihalar uchun qatlamli arxitektura.
3. Backend
Section titled “3. Backend”Server tomonida ishlatiladigan, tizimlar o’rtasidagi aloqa va ma’lumotlarni qayta ishlashga qaratilgan patternlar.
- Microservices: Kichik, mustaqil xizmatlar to’plami.
- Hexagonal Architecture: Tashqi dunyo bilan aloqani portlar va adapterlar orqali boshqarish.
- CQRS: O’qish va yozish operatsiyalarini ajratish.
- Event-Driven: Hodisalarga asoslangan asinxron aloqa.